Bitiruv ishlari himoyasida TATU rektori O‘.Xamdamov, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi "AKT sohasida ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni takomillashtirish va rivojlantirish” bo‘limi boshlig‘i M.Nazarova, t.f.d., professor A.Qobulov, "Dasturiy injiniring” fakulteti dekani D.Abdullayev, "Algoritmlash va matematik modellashtirish” kafedrasi mudiri Yu.Abduraxmanovalar ishtirok etishdi.
Bitiruvchilardan Nodirbek Baratovning "Neft mahsulotlarini tashishda transport masalasini yechishning algoritmi va dasturiy ta’minoti” mavzusida ingliz tilida himoya qilingan ishi, Abror Esonaliyevning "Oliy ta’lim muassasalari kafedralari o‘quv yuklamasi va taqsimotini tuzishni avtomatlashtirish” mavzusidagi, Sardor Meliyevning "Qishloq xo‘jaligi texnikalarining virtual to‘plamini yaratish” mavzusida himoya qilgan bitiruv ishlari muvaffaqiyatli himoya qilinganligi, mavzu ustida ishlash jarayonida sohaga tadbiq qilinganligini e’tiborga olib komissiya a’zolari tomonidan yuqori baholandi.