Yaponiyaning Shibaura texnologiya institutida 100 dan ortiq xalqaro talabalardan tashkil topgan 16 ta guruh, zamonaviy, xalqaro va mahalliy kompaniyalar duch kelayotgan dolzarb muammolarga innovatsion yechimlar topish bo’yicha tadqiqotlar olib bordi. Musobaqa talabalarning taklif etgan yechimlari puxtaligi va amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari asosida baholandi.
Bunday xalqaro musobaqalarda faxrli o’rinlarni egallash TATUning xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlashga va uning nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.