Bitiruvchi magistratlar diqqatiga!

Magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlariga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirish va ularni rag‘batlantirish maqsadida, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda universitet magistrantlari orasida "Eng yaxshi magistrlik dissertatsiyasi” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov e’lon qilinganini ma’lum qilamiz.

Muddati: 15 iyun 2016 y

 

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi xujjatlar taqdim etilishi lozim:

1.Magistrlik dissertatsiyasi qisqacha annotatsiyasi;

2. Magistrlik dissertatsiyasi bajarilishi davomida olingan natijalar haqida ma’lumot (patent, avtorlik guvohnomasi,ishningamaliyotga tadbig‘i, ilmiy maqolalar va hakoza);

3.Ilmiy rahbar hamda kafedra mudirining tavsiyanomasi.

 

Tanlovda g‘olib bo‘lgan magistrlar tizimdagi korxona va tashkilotlarning qimmatbaho sovg‘alari va sertifikatlari bilan taqdirlanadi.

Ma’lumot uchun tel: 238-65-12 Magistratura bo‘limi