Birinchi qo‘ng‘iroqdan — katta orzular sari!

  • Startseite
  • Birinchi qo‘ng‘iroqdan — katta orzular sari!



Bugun, 2-sentyabr — yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, professor B.Maxkamov Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 9-son umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

Shuningdek, maktab o‘quvchilari ishtirokida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Samimiy muloqot davomida yoshlarga zamonaviy bilimlarni egallash, o‘z ustida muntazam ishlash, texnologiyalar olamidagi yangiliklardan boxabar bo‘lish hamda kelajak kasbini bugundan tanlash bo‘yicha motivatsion tavsiya va fikrlar bildirildi.

📚Uchrashuvda 9 - maktab o‘quvchilari uchun IT, dasturlash, dasturchilik karyerasi va sun’iy intellektga oid 15 nomdagi 150 nusxada zamonaviy kitoblar taqdim etildi. Mazkur kitoblar o‘quvchilarga yangi bilimlar olish, texnologiyalar olamini chuqurroq o‘rganish va kelajakdagi kasbini bugundan tasavvur qilish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Zero, bugungi maktab o‘quvchisi — ertangi IT mutaxassisi, dasturchi, muhandis yoki sun’iy intellekt tadqiqotchisi!