“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini

  • Startseite
  • “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” shiori ostida
Televizion texnologiyalari fakulteti professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bellashuvda barcha ishtirokchilar o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etishdi.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
Tashkil qilingan o‘yinda jami 6 ta jamoa 2 turda g‘oliblik uchun bellashdi.

O‘yin natijalari:
🥇 1-o‘rin — Metrologlar jamoasi
🥈 2-o‘rin — Energetiklar jamoasi
🥉 3-o‘rin — Media texnologiyalari jamoasi

G‘olib bo‘lgan jamoalarga estalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi.