Begona g‘oyalarga qarshi immunitet: "Bugun eng yaxshi kun chunki… " aksiyasi tashkil etildi

  • Startseite
  • Begona g‘oyalarga qarshi immunitet: "Bugun eng yaxshi kun chunki… " aksiyasi tashkil etildi

Good Mood Board: “Bugun eng yaxshi kun chunki…” universitetimizda o‘tkazilgan ushbu psixologik aksiya yuqori kayfiyat va ijobiy energiya bilan o‘tdi.

Talabalar o‘zlarining ijobiy fikrlari, kichik quvonchlari va kundalik hayotdagi yaxshi lahzalarini yozib qoldirishdi. Aksiya davomida Good Mood Board ijobiy motivatsion so‘zlar bilan to‘lib, ishtirokchilarga kunni boshqacha – yorqinroq rakursdan ko‘rishga yordam berdi.

Tadbirda faol qatnashgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz!