“Bayramingiz muborak, aziz ustozlar”

  • Startseite
  • “Bayramingiz muborak, aziz ustozlar”

30 sentyabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “1 oktyabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan, “Bayramingiz muborak, aziz Ustozlar!” deb nomlangan tantanali kecha tashkil etildi. Kechada O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojdantirish vaziri Sh.Shermatov ham ishtirok etib, professor-o‘qituvchilarni kasb bayramlari bilan tabrikladi hamda 4 nafar akademik va 11 nafardan ortiq ko‘p yillardan beri universitetda mehnat qilib kelayotgan faxriy ustozlar hamda samarali faoliyat yuritayotgan yosh olimlarga O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi nomidan tashakkurnomalar topshirdi. Tadbir davomida universitet rektori T.Teshabayev barcha jamoa a’zolari va professor-o‘qituvchilarni kasb bayramlari - “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan tabrikladi. Shu kuni, 1 nafar professor-o‘qituvchiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Faxriy yorligi, 30 dan ortiq samarali faoliyat yuritgan professor-o‘qituvchilarga esa universitet rahbariyatining Faxriy yorlig‘i va tashakkurnomalari topshirildi. O‘zbek davlat akademik teatri aktyor va aktrisalari tomonidan bayram dasturi esa kechaga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.