Кonstitutsiyamiz yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy negizidir. Unda xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalar mustahkamlangan. Oʻz xalqining xohish-irodasi, dili va tilidagi ezgu niyatlariga hamohang Konstitutsiyaga ega mamlakat oʻzi belgilagan yuksak marralardan hech qachon ogʻishmasdan, doimo oldinga qarab boradi.
Barchangizni mustaqil Vatanimiz tarixidagi shonli sanalardan biri - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etamiz.