Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi O‘zbek-Hind axborot texnologiyalari markazida 2016 yilning 29 noyabr kuni “Boshlang‘ich kompyuter savodxonligi” o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan 11 nafar talaba yoshlarga sertifikatlarni tarqatish marosimi o‘tkazildi. Marosimda “Elektron hukumat” o‘quv markazi rahbari S.Gafurov, koreyalik mutaxassis Byung Jeon Vuk va O‘zbek-Hind AT markazi direktori o‘rinbosari D.Zakirovlar ishtirok etishdi.