Tasdiqlangan o‘quv rejasiga muvofiq, joriy 2026-yilning 2-fevral sanasidan boshlab “Kiberxavfsizlik” fakulteti talabalari ushbu yo‘nalishdagi soha korxonalarida bitiruv oldi amaliyotini olib bormoqda.
Talabalar quyidagi soha korxona va tashkilotlarida amaliyot o‘tamoqdalar:
UNICON.UZ MChJ
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
FidoBiznes MChJ
“Neoavlod” NTM
“AudioTele” MChJ
Amaliyot jarayonining ahamiyati:
Talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish
Kadrlar tayyorlash sifati va mehnat bozori talablarini uyg‘unlashtiruvchi muhim mexanizm amalga oshiriladi
Kasbiy kompetensiyalar rivojlantiriladi, talabalar yuqori texnologik sohalarda raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanadi
Kelajakdagi malakali kiberxavfsizlik mutaxassislarini tayyorlash
Bitiruv oldi amaliyoti — bu bilim va ko‘nikmalarni real ishlab chiqarish jarayonida mustahkamlash, kasbiy mahoratni oshirish hamda sohada raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishning muhim bosqichidir.
Talabalarimizga amaliyot jarayonida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!