Akademik litseyda diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

  • Startseite
  • Akademik litseyda diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Akademik litseyda diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

🎓 Kuni kecha, 15-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyida 2025–2026 o‘quv yili bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi yuqori saviyada tashkil etildi.

📌 Tadbirda universitet rektori, prorektorlar, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar hamda bitiruvchilar ishtirok etdilar. So‘zga chiqqanlar bitiruvchilarni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari bilan tabriklab, ularning kelgusidagi o‘qish va mehnat faoliyatlarida ulkan zafarlar tiladilar.

🏅 Marosim davomida o‘qishdagi yuqori natijalari, namunali xulqi va jamoat ishlaridagi faolligi bilan ajralib turgan bitiruvchilarga oltin medal, kumush medal, qizil diplom hamda tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.

☑️ Mazkur tadbir bitiruvchilar hayotidagi unutilmas va quvonchli lahzalardan biriga aylanib, ularni yangi marralar sari dadil qadam tashlashga ruhlantirdi.