ACADEMICA loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi

  • Startseite
  • ACADEMICA loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ACADEMICA loyihasi doirasida Birinchi ekspluatatsiya tadbiri (seminar) o‘tkazildi.
Tadbirda universitet ma’muriyati, o‘qituvchilari, talabalar faol ishtirok etishdi. Seminarni TATU o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Fayzulla Agzamov ochib berdi. ACADEMICA loyihasining maxalliy koordinatori Yusupov S.Yu. loyixa to‘g‘risida umumiy ma’lumot berib, uning maqsadi va kutilayotgan natijalari bilan qatnashchilarni tanishtirdi. So‘ngra, loyiha menejeri Nargiza Usmanova o‘z taqdimotida TATU o‘qituvchilari uchun elektron kurs tashkil etilishini va o‘qitilishini, yangi ta’lim vositalari asosida o‘quv kurslarni modernizatsiya qilish bo‘yicha trening jarayonini tushuntirib o‘tdi. Tadbir yakunida o‘qituvchilarga treningda qatnashish bo‘yicha tegishli ariza-formalar tarqatildi.