Umumiy sovrin jamg‘armasi 84 000 000 so‘m bo‘lgan sport dasturlash musobaqasi e’lon qilindi!

  • Startseite
  • Umumiy sovrin jamg‘armasi 84 000 000 so‘m bo‘lgan sport dasturlash musobaqasi e’lon qilindi!

«Electronic Autonomous Solutions» AJ hamkorligida ilmiy-amaliy forum doirasida dasturlash musobaqasi tashkil etiladi.

🏆Sovrinlar jamg‘armasi — 84 000 000 so‘m!

🥇1-o‘rin — 25 000 000 so‘m
🥈2-o‘rin — 15 000 000 so‘m
🥉3-o‘rin — 10 000 000 so‘m
🏅4–20-o‘rinlar — 2 000 000 so‘mdan

📅Musobaqa 2 bosqichda:

🔺3-oktabr — saralash bosqichi
RoboContest.uz platformasida online formatda.

🔺10-oktabr — final bosqichi
Toshkent shahridagi INHA Universityda offline formatda.

💬Saralash natijalariga ko‘ra eng yaxshi natija qayd etgan TOP-20 ishtirokchi final bosqichiga taklif etiladi.

⚠️Muhim: finalda qatnashish uchun ishtirokchi 20–30 yosh oralig‘ida bo‘lishi va Toshkent shahridagi offline finalda shaxsan ishtirok eta olishi kerak.


🗣Musobaqa formati:
🟢ACM ICPC formatida;
🟢Yakka tartibda;
🟢Sun’iy intellekt vositalaridan; foydalanish taqiqlanadi;
🟢Tashqi internet resurslaridan; foydalanish taqiqlanadi.

📝Ishtirok etish uchun:
1️⃣RoboContest contestiga ro‘yxatdan o‘ting.
2️⃣Tashkilotchilar taqdim etgan Google Formani to‘ldiring.

🔗https://forms.gle/HWgtEADqCtYjhrgx8

🚀Kodingizni ishga tushiring. Eng kuchli natija sizniki bo‘lishi mumkin!