7-10-fevral kunlari TATU delegatsiyasi Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetiga tashrif buyurdi

  • Startseite
  • 7-10-fevral kunlari TATU delegatsiyasi Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 7-10-fevral kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti delegatsiyasi Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetiga tashrif buyurdi

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich boshchiligidagi delegatsiya Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti rektori Bogush Vadim Anatol’yevich hamda ushbu universitet prorektorlari, dekanlari va tarkibiy bo‘lim rahbarlari bilan TATU-BDIRU qo‘shma axborot texnologiyalari fakulteti bo‘yicha bir qancha masalalarni muhokama qilish uchun uchrashdi.

TATU-BDIRU qo‘shma axborot texnologiyalari fakultetining Minsk shahrida tahsil olayotgan
3-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot uyushtirildi. Ochiq muloqot uch soat davom etdi va talabalarining ta’lim olishi va yashash sharoitlari bo‘yicha bir qancha masalalarini hal qilishda ko‘plab shaxsiy mavzular muhokama qilindi.

Shuningdek uchrashuv davomida O‘zbekistonlik talabalar uchun bir necha yengilliklar yaratish bo‘yicha kelishib olindi: O‘qishda o‘zlashtirishga qiynalayotgan talabalarga bepul o‘quv kurslarini tashkil qilish, kutubxonalarni bepul qilish hamda 140 dan ortiq chetlashtirilayotgan talabalarga yana bir bor imkoniyat berilishi kelishib olindi.

Suhbatdan so‘ng rektor boshchiligidagi delegatsiya qo‘shma fakultet talabalari yashaydigan yotoqxonadagi shart-sharoitlari bilan tanishib chiqdilar.