4-dekabr kuni Koreya Respublikasining Seul shahrida nufuzli Global Sun’iy intellekt -2025 forumi o‘z ishini boshladi.

  • Startseite
  • 4-dekabr kuni Koreya Respublikasining Seul shahrida nufuzli Global Sun’iy intellekt -2025 forumi o‘z ishini boshladi.

Mazkur tadbirda jahonning yetkachi kompaniya va tashkilot, vazirlik, davlat idora hamda oliy ta’lim muassasa rahbarlari, xususan, TATU rektori boshchiligidagi delegatsiya ham faol ishtirok etmoqda.

Ushbu xalqaro forumning "Milliy strategiyalar va global ta’lim hamkorligi: Sun’iy intellekt kadrlari tayyorlash uchun global strategiyalar va hamkorlik tarmog‘i" nomli panel sessiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etib, mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan jadal islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, xususan, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 28-noyabr kuni Xalqaro kongress markazida sun’iy intellekt bo‘yicha o‘tkazilgan forumda “5 million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi yuzasidan ma’lumot berildi.

✅ Shu bilan bir qatorda ushbu tashabbus O‘zbekistonning global sun’iy intellekt ekotizimidagi o‘rnini mustahkamlash, yoshlarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish va yangi avlod sun’iy intellekt mutaxassislarini tayyorlashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.