"Qulix Systems" dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi Belarus-ingliz kompaniyasi bilan uchrashuv.

  • Startseite
  • "Qulix Systems" dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi Belarus-ingliz kompaniyasi bilan uchrashuv.

"Qulix Systems" dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi Belarus-ingliz kompaniyasi bilan uchrashuv

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga dunyoning 30 dan ortiq mamalakatida faoliyat yurituvchi “Qulix Systems” xalqaro kompaniyasi delegatsiyasi bosh direktori Aleksey Makarov tashrif buyurdi.

✅Uchrashuv Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va "Qulix systems" kompaniyasi haqida tanishtiruv va tomonlarning qiziqtirgan savollari muhokamasi bilan boshlandi.
Unda talabalar startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, venchur kapital masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mehmonlarga universitetda yaratilgan sharoitlar, o‘quv va ilmiy laboratoriyalar, o‘quv media markazi, ma’lumotlar markazi tanishtirildi.

📌Uchrashuv so‘ngida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda "Qulix Systems" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha harakatlarni boshlash, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida amaliy ishlarni tashkil etish mexanizmlarini belgilab olishga kelishildi.