2026-yil 14-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetida Kriptologiya böyicha Respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqiçi bölib ötdi

  • Startseite
  • 2026-yil 14-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetida Kriptologiya böyicha Respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqiçi bölib ötdi

2026-yil 14-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetida Kriptologiya böyicha Respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqiçi bölib ötdi. Unda mamlakatimizdagi 30 ta oliy ta’lim muassasasidan 80 dan ortiq talaba iştirok etib, bilim va mahoratlarini sinovdan ötkazishdi.

Iştirokçilar nafaqat bilimlarini, balki sabr-toqat, mantiqiy fikrlaş va qiyin masalalar oldida çekinmaslik kabi fazilatlarini ham namoyon etdilar.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU olimpiada tarixidagi muvofaqiyatlari yana bir bor takrorladi!

Fuqarolik oliy ta’lim muassasalari örtasida ğoliblar:
🥇Mamirov Rahmonjon Rahimjon öğli (TATU);
🥈 Ibrohimov Muhammadqodir Qutbilla öğli (Cyber University);
🥈 Roziqberdiyev Qalqonbek Mirahmedoviç (TATU);
🥉Nuraliyev Azizbek Ğayrat öğli (Özbekiston Milliy Universiteti);
🥉Bobomurodov Dilshod Dilmurodoviç (Buxoro Davlat texnika universiteti)

Harbiy va harbiylaştirilgan OTMlar örtasida ğoliblar:
🥇 Keldiyev Fayozbek Otabek öğli (AKTAHI);
🥈 Normurodov Temur Bahodir öğli (Kriptologiya instituti);
🥉 Oromov Akobir Asliddinoviç (Kriptologiya instituti).

💸 Ğoliblar Ta’lim va ilm fan vazirligining 1-, 2-, 3-darajali diplomlari,  pul mukofotlari va qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi.

💬Mukofotlar va imtiyozlar:
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 499-son qaroriga asosan:
⏺ 1-örin — BHM 50 barobari miqdorida bir martalik pul mukofoti hamda 6 oy davomida bazaviy stipendiyaning 50% miqdorida qöshimcha stipendiya;
⏺ 2-örin — BHM 40 barobari miqdorida bir martalik pul mukofoti hamda 5 oy davomida bazaviy stipendiyaning 50% miqdorida qöshimcha stipendiya;
⏺ 3-örin — BHM 30 barobari miqdorida bir martalik pul mukofoti hamda 4 oy davomida bazaviy stipendiyaning 50% miqdorida qöshimcha stipendiya.

🎓 Şuningdek, ğoliblar magistraturaga bosqiçiga töğridan-töğri tavsiya etiladi.

👍Fuqarolik OTM jamoalari reytingi:
1-örin: TATU;
2-örin: Özbekiston Milliy Universiteti;
3-örin: Samarqand davlat universiteti.

👍Harbiy OTM jamoalari reytingi:
1-örin: Kriptologiya instituti;
2-örin: Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi AKTAHI.
3-örin: Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti.