Bugun, 19-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida magistratura bosqichi “Bitiruvchilarini kuzatish” marosimi bo‘lib o‘tdi.

  • Startseite
  • Bugun, 19-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida magistratura bosqichi “Bitiruvchilarini kuzatish” marosimi bo‘lib o‘tdi.



Mazkur tadbirda Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sultonov Ayubxon Orifxon og‘li, Unikon.uz MCHJ direktori Maxmudov Maxsum Mubashirovich, Raqamli texnologiyalar vazirligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Tursunov Nodir Baxodirovich, "O‘zbektelekom" AK boshqaruv raisi maslahatchisi Mirzaxidov Xurshid Mirsabirovichlar faxriy mehmon sifatida ishtirok etib, bitiruvchilarni tabrikladilar. Bitiruvchilarga esdalik yorliqlarini tantanali topshirib, ularning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladilar.

Marosim nafaqat bitiruvchilar uchun, balki ularning oila a’zolari va do‘stlari uchun ham katta xursandchilik bo‘ldi.