Bolajon, ko‘zingda dunyoni ko‘rdim,
Beg‘ubor yuzingda ziyoni ko‘rdim.
Xar qarashingda men xayoni ko‘rdim.
Sen mening umidim aziz bolajon!
Universitetimiz jamoasi 1- iyun Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan barcha bolajonlarimizni tabriklaydi! Aslida qay yoshda bo‘lmaylik barchamiz, har birimiz bolaligimizcha qolaveramiz. Ichimizda, qalbimizda jajji bola yashaydi. O‘sha bolani asrab qolsakgina, bizni samimiylik, soddalik, beg‘uborlik va to‘g‘rilik tark etmaydi. Zotan Universitet ham keng katta oila hisoblanadi, shu oilaning barcha farzandlarini bugungi soddalik, beg‘uborlik kuni bilan qutlab qolamiz. Farzandlarimiz bizning kelajagimiz! Musaffo osmon ostida har bir bola sog‘lom va baxtli bo‘lib voyaga yetsin! Bolalarni himoya qilish kuni muborak bo‘lsin!