Nishonboev Tuygun Nishonbevich

Ism Sharifi: Nishonboev Tuygun Nishonbevich
Tug‘ilgan sana: 1946-2021 yil 21 oktabr
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Ilmiy unvoni: Texnika fanlari doktori, professor
Ta’lim: 1964-1969 yillarda Toshkent elektrotexnika aloqa instituti
Yo‘nalish: Telekommunikatsiya
Mutaxasisligi:

Elektr aloqa muhandisi

   

   Nishonboev Tuygun Nishonbevich – texnika fanlari doktori, professor, “Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” esdalik Nishoni, “Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil” esdalik Nishoni medallari nishondori, telekommunikatsiya texnologiyalari rivojiga, respublika fani va oliy taʼlimning dolzarb nazariy va amaliy muammolarini ishlab chiqarishga, ilmiy-pedagogik mutaxassislarni tayyorlashga salmoqli hissa qoʼshgan olim, yetuk ustoz, gʼamxoʼr rahbar va chin inson, yurtimizning taniqli va obroʼli pedagoglaridan biridir.

   Nishonboev Tuygun Nishonbevich ch, 1946 yil 21 oktyabrda Toshkent shahrida ishchi oilasida tugʼildi.

   1964-1969 yillarda Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (hozirgi – Muxammad Аl-Xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti)da tahsil oldi.

   T.N. Nishonboev 1969 yili diplom ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, elektr aloqa muhandisi mutaxassisligiga ega boʼldi.

   1969-1971 yillarda xarbiy xizmatni oʼtadi. Mehnat faoliyatini 1971 yili UzSSR Fanlar Аkademiyasi Kibernetika instituti hisoblash markazi muhandisi kasbidan boshladi.

   1971-1994 yillarda UzSSR Fanlar Аkademiyasi Kibernetika instituti hisoblash markazi muhandisi, katta muxandisi, kichik ilmiy xodim, instituti katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, yetakchi ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan.

   1994-1997 yy. - Respublika Fan va texnika davlat qoʼmitasi boʼlim boshligʼi

   1997-1997 yy. - Oʼzbekiston Respublika Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi ilmiy tadqiqotlar boʼlimi bosh mutaxassisi

   1997-1998 yy. - Oʼzbekiston Respublika Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi umumiy boʼlimi mudiri

   1998-2006 yy. - Oʼzbekiston Respublika Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi elektron-axborot markazi apparat-dastur taʼminoti va marketing xizmati boʼlimi boshligʼi

   2006-2008 yy. - Oʼzbekiston Respublika Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi axborot-resurs markazi boshligʼi

   2008-2012 yy. - Oʼzbekiston Respublika Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi axborot texnologiyalari markazi boshligʼi

   2012-2012 yy. - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti aloqa liniyalari kafedrasi professori

   2013 - h.v. – Muxammad Аl-Xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti maʼlumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda.

  1. Nishanbaev Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunitsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Аxborot-kommunikatsiya-larni rivojlantirish fondi” ning 2014-2015 yillarga moʼljallangan F-484-14 ««Разработка метода предоставления ресурсов сети следующего поколения, основанного на методологии сервис-ориентированной архитек-туры (“Keyingi avlod tarmoqlari resurslarini infokommunikatsion xizmatlarga yoʼnaltirilgan arxitektura uslublari asosida taqdim etilishining usulini ishlab chiqish”)» mavzusidagi amaliy loyihasida loyiha rahbari sifatida ishtirok etdi.

   Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʼmitasining ilmiy texnika dasturlari doirasida 2015-2017 yillarga moʼljallangan №А-5-018 «Создание и исследование модели оптимального предоставления  дислоцированных ресурсов распределенной системы со  сложной структурой на базе сервис-ориентированной архитектуры (“Murakkab strukturali taqsimlangan tizimning dislokatsiyalangan resurslarini servisga yoʼnaltirilgan arxitektura negizida optimal taqdim etilishining modelini yaratish va tadqiq etish”)» mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida loyiha rahbari sifatida ishtirok etdi.

  1. Nishanbaev Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunitsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Аxborot-kommunikatsiyalarni rivojlantirish fondi” ning 2016-2017 yillarga moʼljallangan F-635-16 «Моделирование и решение задач оптимизации “cloud” дата центров на базе программно – конфигурируемых сетей» mavzusidagi amaliy loyihasida loyiha rahbari sifatida ishtirok etdi.
  2. Nishanbaev Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunitsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Аxborot-kommunikatsiyalarni rivojlantirish fondi” ning 2017-2018 yillarga moʼljallangan F-707-17 «Оптимальное распределение сетевых ресурсов оператора телекоммуникации для реализации виртуальных наложенных сервисных сетей SON (Service Overlay Networks)» mavzusidagi amaliy loyihasida katta ilmiy xodim sifatida ishtirok etdi.