Mustaqil izlanuvchilik faoliyati

Mustaqil izlanuvchilik orqali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tartibi

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar institutidan  tashqari, mustaqil shaklida ham amalga oshirilishi mumkin.

Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchillikka  magistr darajasiga yoki fan nomzodi darajasiga, yoki oily harbiy ma’lumotga, yoki  magistr darajasi joriy etilgunga qadar  olingan oliy ma’lumot to’grisidagi  diplomga, kamida btsh  yil amaliy ish stajiga ega bo’lgan, ilmiy izlanishlarga layoqati bo’lgan va muayan ilmiy yutuqlarga ega bo’lgan (ihtiro uchun patentlar, e’lon qilingan ilmiy materiallarga ega  bo’lgan, ilmiy-texnologik ishlanmalarda ishtirok etgan va hokazo), belgilangan talablarga muvofiq bo’lgan shaxslar rasmiylashtiriladilar. 

Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka da'vogarlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK tomonidan o'rnatilgan tartibga muvofiq malakaviy imtihonlarini topshirish, dissertatsiyani tayyorlash hamda ximoya qilish maqsadida tegishli ixtisosliklar bo'yicha katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar institutiga ega bo'lgan OTM va ITMlarga 3 yilgacha muddatga biriktiriladilar.

Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka doktorlik dissertatsiyasi ustida mustaqil izlanishlar olib borayotgan, fan va texnikaning dolzarb muammolari hamda nazariy masalalari bo'yicha ilmiy tadqiqotlari yuzasidan salmoqli natijalarga erishgan, shuningdek, tegishli fan va texnika sohasida chuqur bilimlarga ega bo'lgan fan nomzodlari da'vogarlik kilishlari mumkin.

Har yili 1 mayqacha olimlar-faol ilmiy va ilmiy-pedaqoqik faoliyat olib boraeotqan fan doktorlari tomonidan doktorlik dissertatsiyalariininq tavsiya etiladiqan mavzulari universitet ilmiy Kenqashida ularninq fan va texnoloqiyalarni rivojlantirishninq ustuvor vazifalariqa  muvofiqliqi yuzasidan ekspertizadan o'tkazilidi.

Fan va texnoloqiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qumitasi 1 iyunqacha bo'lgan   muddatda tagdim etilgan mavzularni ularning davlat ilmiy-texnik dasturlariga muvofiqligi yuzasidan  korib chigib ularni doktorlik dissertasiyalari mavzularini tavsiya etilayotgan  ma'lumotlar bazasiga kiritadi.

Mustaqil izlanuvchillik shaklida oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim olish uchun talabgorlar ma'lumotlar bazasidan doktorlik dissertatsiyalariininq mavzularini tanlashlari, tadqiqot mavzusi bo'yicha ilmiy ma'ruzani tayyorlashlari va doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasini tayyorlashlari zarur.

Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarar OTM va ITMlarga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:

  •  ish joyidan tavsifnoma;
  •  ma’lumotnoma (ob’ektivka);
  •  oily ta’lim yoki fan nomzodi to’g'risidagi diplomning nusxasi;
  •  mehnat daftarchasining belgilangan tartibdagi tasdiqlangan nusxasi;
  •  talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatiqa layoqatini aniqlash yuzasidan o’tkazilgan test sinovidan o’tganligini tasdiglovchi OAK xujjatining nusxasi;
  •  ilmiy ishlari, patentlari va ilmiy hisobotlari ro'yxati;

Talabgorlar  mustaqil izlanuvchilikka har yili 25 dekabrgacha, mutaxassislik bo’yicha suhbat natijalari va tegishli kafedra xulosasi bo’yicha oliy ta’lim muassasi rahbarining buyrugi bilan, shuningdek ta’limning o’rnatilgan oldingi darajasida chet tili bo’yicha imtihon natijasi bo’icha rasmiylachtiriladi.

Mustaqil izlanuvchilar rasmiylashtirilgandan keyin bir oylik muddatda ilmiy maslahatchisi  bilan kelishilgan holda doktorlik dissertasiyasini  tayyorlashning yakka tartibdagi  shaxsiy ish rejalarini tasdiqlash uchun oily ta’lim muassasi ilmiy kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etadilar.

Mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzulari uch oylik muddatda muassasa Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Shaxsiy ish rejalarini muvaffaqiyatli yakunlagan va Nizomning tegishli talablarini bajargan mustaqil izlanuvchilar Ixtisoslashgan kengashlarda dissertatsiya himoyasiga ko'yiladilar. Shaxsiy ish rejani bajarmayotganlar esa mustaqil izlanuvchilar safidan qayta tiklanish huquqisiz chetlashtiriladilar.

Bir nechta muassasaga bir vaqtning o’zida mustaqil izlanuvchilikka yul qo’yilmaydi.

Katta ilmiy xodim-izlanuvchi sifatida o’qigan, biroq dissertasiya himoya qilmagan shaxslarga mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirishga ruxsat berilmaydi.