13. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar test sinovlari o‘tkazilishiga qadar 11 iyuldan 25 iyulgacha, test majmualarida fanning o‘rniga qarab uning uchun nazarda tutilgan eng ko‘p ballning 0 dan 100 foizigacha bo‘lgan oraliqda yagona ko‘p balli baholash tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari bo‘yicha tushgan norozilik (apellyatsiya) arizalari oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan 26 iyulga qadar bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Davlat komissiyasiga oliy ta’lim muassasalari tomonidan 27 iyulgacha taqdim etiladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning natijalari haqidagi ma’lumotlar oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan Davlat test markaziga belgilangan shakllarda kunduzgi va maxsus sirtqi bo‘limlar uchun — 1 avgustda taqdim etiladi.