Scientific-Methodological Council

Ilmiy-uslubiy kengash kotibi:

Shoyusupova Hilola Xusnitdinovna

Telefon: (+99871) 238-64-26

 

O‘quv-uslubiy kengashning faoliyati quyidagilardan iborat:

  1. Yo‘nalish hamda mutaxassis fanlar bo‘yicha namunaviy va ishchi dastur rejalarini muhokama qilish.
  2. O‘quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalarini qo‘llash usullarini muhokama qilish va tavsiyalar berish.
  3. Universitet professor-o‘qituvchilari yuklamalari va me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqish.
  4. Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan nashrga tayyorlanadigan darslik, o‘quv qo‘llanmalar va uslubiy qo‘llanmalarini nashr etish rejasini tasdiqlash.
  5. Tayyorlangan o‘quv adabiyotlar va o‘quv uslubiy qo‘llanmalarni ko‘rib chiqish va nashrga tavsiya etish.
  6. Iqtidorli talabalar bilan ishlash rejasini ishlab chiqish va muhokama etish.
  7. Talabalar bilimini reyting tizimi va mustaqil ishlarini  tashkil etilishi usullarini tavsiya etish va muhokama qilish.
  8. Universitetda talabalarning fan olimpiadalarda qatnashish chora tadbirlari rejasini ishlab chiqish va muhokama etish.
  9. Universitet fakulteti kafedralarida o‘qitiladigan fanlar, professor-o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy salohiyati va bu boradagi istiqbolli rejalarni ko‘rib chiqish.
  10. Universitet kafedralarida o‘tkazilgan ochiq darslar, muammoli ma’ruzalar va darslarga o‘zaro tashriflarni muhokama etish va tavsiyalar berish.
  11. Magistratura 2 bosqich talabalarining magistrlik dissertatsiya ishlarini bajarilishi va ilmiy amaliyot o‘tashiga topshiriqlar tayyorlash xolatini muhokamasi.
  12. Mutaxassislik kafedralari “Bitiruv ishlari” va “Magistrlik dissertatsiyasi” ishlarining bajarililishini muhokama etish.