Ilmiy rahbar taqrizi

Ilmiy rahbar dissertatsiya himoyasidan 10 kun oldin ixtisoslashgan kengashga tadqiqotchi haqida ikki nusxada taqriz taqdim etadi.

Taqrizda tadqiqotchining ilmiy-tadqiqot ishida erishgan yutuqlari, uning ijodiy fikr yuritish xususiyati, voqea-hodisani tahlil qilish, ilmiy maqsadga erishishdagi izlanuvchanligi, mehnatsevarligi, tashabbuskorligi, malakasini oshirishga intilishi, jamoadagi o‘rniga baho beradi. Shuningdek, tayyorlangan dissertatsiya ishi sifati, nazariy va amaliy ahamiyati, tili va stili, talablarga javob berishga ham alohida to‘xtalib o‘tadi.

Ilmiy rahbar taqrizi uning asosiy ish joyi gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.