Ilmiy doklad ko‘rinishidagi dissertatsiya

  • Startseite
  • Ilmiy doklad ko‘rinishidagi dissertatsiya

Fan doktori ilmiy darajasi uchun dissertatsiya ilmiy doklad ko‘rinishda taqdim etilishi mumkin.

Ilmiy darajalarni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda (10 punkt) "tadqiqotchi tomondan u chop ettirgan va tegishli fan sohasi mutaxassislarining keng doirasiga ma’lum, fan va amaliyot uchun ahamiyatli bo‘lgan ilmiy doklad ko‘rinishidagi dissertatsiya u o‘tkazgan tadqiqotlar va ishlanmalar natijalarining qisqa umumlashtirilgan bayoni”dir deyilgan.

Tadqiqotchi ilmiy ishining ahamiyati va dissertatsiyaning ilmiy doklad ko‘rinishida himoya qilinishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosani asosiy tadqiqotlar olib borilgan korxona beradi.

Dissertatsiyani ilmiy doklad ko‘rinishida tayyorlash taniqli mutaxassislarga, ishlari keng doiradagi ommaga ma’lum, ishlari ahamiyati jihatdan mashhur tadqiqotchilarga ruxsat etiladi.

Ayni paytda dissertatsiyani ilmiy doklad ko‘rinishda tayyorlash doktaranturani tugatayotgan, ilmiy maslahatchilarga ega tadqiqotchilarga ruxsat etiladi.
Ilmiy doklad ko‘rinishidagi dissertatsiyalar bo‘yicha avtoreferatlar chop etilmaydi. Ilmiy doklad avtoreferat kabi tarqatiladi.