Foydalanilgan adabiyotlar röyxatini tayyorlaş

  • Startseite
  • Foydalanilgan adabiyotlar röyxatini tayyorlaş

Foydalanilgan adabiyotlar röyxati örnatilgan qoidalar böyiça keltirilgan hujjatlar (kitob, tezis, maqola) haqida bibliografik ma’lumotlar yiğindisi bölib, ular hujjatning alohida identifikatsiyasi va umumiy xarakteristikasi uçun kerak böladi.

Foydalanilgan adabiyotlar röyxati ketma-ketligi qat’iy belgilangan va özgartirib bölmaydigan sarlavha va elementlardan iborat. Hujjatda quyidagi tartibda joylaşgan maydonlar bor:

  • bayon sarlavhasi, unda muallif(lar) ism(lar)i yoki kollektiv nomi beriladi;
  • sarlavha va ma’suliyat töğrisida ma’lumotlar oblasti; sarlavha va unga tegişli ma’lumotlar; hujjatni yaratişda iştirok etgan şaxslar va taşkilotlar töğrisida ma’lumot;
  • naşrning vazifasi, qayta naşr, uning xarakteristikasi töğrisidagi ma’lumotlar oblasti;
  • naşr joyi, naşriyot, naşr yili töğrisidagi ma’lumotlar oblasti;
  • hujjat hajmi va illustrasion material töğrisidagi ma’lumotlarni öz içiga oluvçi son xarakteristikasi oblasti;

Foydalanilgan adabiyotlar röyxati maydonlari va elementlarini çegaralaş uçun yagona şartli ajratiş belgilari tizimidan foydalaniladi:

  • . – (nuqta va tire) – birinçidan taşqari barça oblastlarning oldidan keladi;
  • : - (ikki nuqta) – sarlavhaga tegişli ma’lumotlar, naşriyot nomidan oldin qöyiladi;
  • / - (yonboş çiziq) – ma’suliyat töğrisidagi ma’lumotlardan oldin qöyiladi. (naşrda iştirok etgan mualliflar, tuzuvçilar, redaktorlar, tarjimonlar, taşkilotlar).
  • // - (ikkita yonboş çiziq) – asosiy qism joylaşgan hujjat töğrisidagi ma’lumotlar oldidan qöyiladi. (maqola, bob, bölim).

Foydalanilgan adabiyotlar röyxati elementlari içida til normalariga mos keluvçi punktuatsiya saqlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar röyxati maydonlari va elementlarini aniqroq bölişi uçun şartli belgi oldidan va undan keyin bitta belgi probel qöllaniladi.

Bibliografik bayonning uç turi mavjud:

  • individual muallif nomi ostida;
  • kollektiv muallif nomi ostida;
  • sarlavha ostida.

"Individual muallif nomi ostida” bayoni birinçi element sifatida individual muallif nomi tanlanişini bildiradi. Hujjat uçtadan ortiq muallifga ega bölmagan şaroitda naşr qilingan kitob, maqola, doklad, dissertatsiyalarga beriladi.

"Kollektiv muallif nomi ostida” bayoni birinçi element sifatida hujjatni çop etgan taşkilot nomi tanlanişini bildiradi. Odatda hukumat qarorlari, konferensiya, yiğiliş materiallariga beriladi.

"Sarlavha ostida” bayoni birinçi element sifatida hujjat sarlavhasini tanlaşni anglatadi. Uçtadan ortiq muallifga ega kitoblar, turli mualliflarning asarlari bitta sarlavha ostida berilgan bölsa, qonunlar töplami, ITI hisobotlari, normativ hujjatlar, dasturiy-metodik materiallarga beriladi.

Dissertatsiya işi adabiyotlar röyxatida barça foydalanilgan adabiyot manbalari: barça naşrlar, patent materiallari, dissertatsiya avtoreferatlari, ITI töğrisida hisobotlar va h.z.ni öz içiga oladi.  

Röyxatni tuziş tartibini muallif belgilaydi. Materialni  adabiyotlar röyxatida joylaştirişining keng tarqalgan usuli: alfavit, tizimli va matnda eslaş tartibi böyiça.

Röyxatni tizimli beriş yoki matnda eslaş tartibi takrorlaşlarni keltirib çiqarişi mumkin, şuning uçun eng qulay usul bu alfavit tartibi hisoblanadi.

Matnda havolar kvadrat qavslarda berilişi kerak, masalan, [1], [3-5], [54, 239b.].

Xorijiy manbalarga havola xorijiy tilda berilişi kerak, tarjima qilingan bölsa. Tarjima körsatma berilişi lozim.

Letzte Aktualisierung: 03.11.2026 11:15