Dissertatsiya işi natijalari ma’ruzasi haqida

  • Startseite
  • Dissertatsiya işi natijalari ma’ruzasi haqida

Ixtisoslaşgan kengaş dissertatsiya işining asosiy natijalarini bayon qiliş uçun nomzodlik dissertatsiyasi dissertantiga 20 daqiqa, doktorlik işi tadqiqotçisiga 40 daqiqa vaqt ajratadi. Tadqiqotçi bunga tayyorlanişi, ma’ruzani mantiqan tuzişi, uning asosiy va ikkinçi darajali qismlarini aniq ajratib bayon etişi va ajratilgan vaqtdan ortiqça sözlamasligi kerak.

Ma’lum qoidalarga köra tadqiqotçi dissertatsiya natijalari töğrisidagi dokladda kiriş, asosiy xulosa qismlardan ifodalanişi kerak. Doklad quyidagiça qurilişi kerak:

  • dissertatsiya nomi;
  • işning zarurligi va dolzarbligining asoslanişi;
  • ma’lum va noma’lumlik örtasidagi ziddiyat;
  • dissertatsiya mavzusi böyiça ilmiy muammo;
  • dissertatsiya işining maqsadi;
  • ma’lum yeçimlarning tizimlanişi;
  • ilmiy muammolarni hal qilişda quyidagilar bajarilişi kerak ... ;
  • masala yeçimiga mumkin bölgan yondaşuvlar;
  • ma’lum yeçimlardan farq qiluvçi yangi yeçimlar, ularning maqsadga erişişdagi ahamiyati;
  • nazariyaning ilk bor yeçilgan masalalari;
  • hisoblaşlarning yangi metodikasini yaratiş;
  • nazariy qaraşlarni tasdiqlovçi eksperimental tadqiqotlar;
  • samaradorlikni oşiruvçi natijalar;
  • korxonalarda muvaffaqiyatli tadbiq etilgan natijalar;
  • foydalanilayotgan tavsiyalar;
  • dissertatsiya mavzusi böyiça kelgusidagi tadqiqotlar istiqboli;
  • iş böyiça umuiy xulosa.

Doklad xulosasini qoğozga qaralamasdan oğzaki bayon qilgan ma’qul, bundan dolzarblik, yangilik, töğrilik, amaliy foydalilik jihatlarga töxtab ötiş maqsadga muvofiq bölar edi.

Şuni qayd etiş kerakki, dissertatsiyaning muvafaqqiyati dissertantning çiqişlari sifatiga boğliq böladi.

Letzte Aktualisierung: 03.11.2026 11:18