Baholash mezoni(texnikumlar bo‘yicha)

  • Startseite
  • Baholash mezoni(texnikumlar bo‘yicha)

Texnikum bitiruvchilarini Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga yakka tartibdagi suhbat asosida qabul qilish bo‘yicha 

BAHOLASH MEZONI

(universitet ilmiy-uslubiy Kengashining 2023 yil 21 iyundagi 9-son qarori bilan tasdiqlangan)

  • Umumiy qoidalar
  1. Baholash mezoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil
    6-sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5812-sonli Farmoni asosida oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil etilgan texnikumlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Texnikumlami muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi NIZOM talablari asosida ishlab chiqilgan hamda texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni (keyingi o‘rinlarda — bitiruvchilar) o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2-bosqichidan o‘qishini davom ettirish uchun qabul qilish tartibini belgilaydi.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati asosida texnikum bitiruvchilari Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga kirish imtixonlarisiz, ushbu hujjatda keltirilgan baholash mezonlari asosida yakka tartibdagi suhbat orqali sinovdan o‘tkaziladilar.
  3. Quyidagi talablarga javob bergan talabalar yakka tartibdagi suhbat jarayonlarida qatnashish huquqiga ega bo‘ladilar:
  • bitiruvchi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari «5 (a’lo)» va «4 (yaxshi)», biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi «5 (a’lo)» bo‘lishi;
  • texnikumni tamomlaganiga ko‘pi bilan ikki yil bo‘lgan bo‘lishi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi zarur.
  •  
  • Suhbatning maqsadi
  1. Suhbatning maqsadi oliy ta’limda o‘qish istagini bildirgan texnikum bitiruvchilaridan mutaxassisligi bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, shaxsiy yutuqlari bilan o‘rnak bo‘la oladigan, mutaxassisligi bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorligi va mohiyatini tushuna olishi, ularni o‘zining bo‘lajak sohasi uchun tadbiq eta olishi hisoblanadi.

 

  • Suhbat jarayoni tartibi
  1. Yakka tartibdagi suhbat uchun savollar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qabul komissiyasi tomonidan ishlab chiqilib, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
  2. Suhbat jarayonida bitiruvchilarning har biriga quyidagi mavzular bo‘yicha bittadan jami to‘rtta savol beriladi:
  • mamlakatda o‘z sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunish;
  • bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashda motivatsiya (soha kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish ko‘rsatish);
  • shaxsiy-kasbiy xususiyatlar (o‘qishga qobiliyat, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat, intizomlilik, hamjihatlik, mas’uliyatlilik, qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shaxsiy yutuqlar mavjudligi, shuningdek, o‘z ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari);
  • tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi sohasidagi bilim va kasbiy ko‘nikmalarning mavjudligi.
  1. Bitiruvchi yakka tartibdagi suhbatga shaxsiy-kasbiy xususiyatlari, shaxsiy yutuqlari, muvaffaqiyatlari, sohasi hamda qo‘shimcha bilim, tajriba va ko‘nikmalarni o‘zlashtirganlik bo‘yicha erishgan natijalari hamda boshqa qiziqishlariga oid hujjatlarni portfolio tartibida tayyorlab kelishi talab etiladi.
  2. Yakka tartibdagi suhbat bitiruvchining shaxsan ishtirokida o‘tkaziladi. Bunda bitiruvchi suhbat uchun tayyorlab kelgan hujjatlari portfoliosini Suhbat komissiyasiga taqdim etadi.
  3. Suhbatda ishtirok etish uchun talabgor suhbat komissiyasi tomonidan oldindan tasdiqlab qo‘yilgan biletlardan birini ixtiyoriy ravishda tortadi. Tanlangan biletning raqamini Suhbat komissiyasiga eshittiradi. Suhbat komissiyasi talabgorga suhbatga tayyorlanish uchun 30 minut vaqt beradi. Vaqt yakunlanganidan so‘ng talabgor suhbatdan o‘tadi.
  4. Bitiruvchi tomonidan tayyorlangan portfolioning haqiqiyligiga bitiruvchi javobgar bo‘lib, yakka tartibdagi suhbat jarayonida qabul komissiyasi a’zolari tomonidan o‘rganib chiqiladi. Portfolioning haqiqiyligini bilish uchun talabgorga qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.
  5. Suhbat jarayonida Suhbat komissiyasining har bir a’zosiga ushbu Mezonning 1-ilovasiga muvofiq namunaviy shakldagi bitiruvchining suhbat natijalarini qayd etish varag‘i (keyingi o‘rinlarda — suhbat natijalarini qayd etish varag‘i) beriladi.

Suhbat komissiyasi a’zolari tomonidan suhbat natijalarini qayd etish varag‘iga har bir bitiruvchi bilan o‘tkazilgan suhbat natijasiga ko‘ra tegishli ballar belgilab boriladi va imzolanadi.

  1. Muayyan ta’lim yo‘nalishi (guruh) bo‘yicha suhbat jarayoni yakunlangach Suhbat komissiyasi a’zolari tomonidan to‘ldirilgan suhbat natijalarini qayd etish varaqlaridagi ballar qo‘shib jamalanadi hamda komissiya a’zolari soniga nisbatan o‘rtacha ball hisoblab chiqiladi va shu asosida ushbu Mezonning 2-ilovasiga muvofiq namunaviy shakldagi bitiruvchi bilan o‘tkazilgan suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varag‘i (keyingi o‘rinlarda — suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varag‘i) to‘ldirilib, Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Talabgor tomonidan jami to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ball 100 ballni tashkil etadi.

              Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varag‘iga asosan Suhbat komissiyasining ishtirok etgan a’zolari tomonidan qo‘yilgan ballarning o‘rtachasi 67 ball va undan yuqori bo‘lganda abituriyent suhbatdan o‘tgan hisoblanadi.

Muayyan ta’lim yo‘nalishi (guruh) bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra suhbatdan o‘tganlar ro‘yxati shu kunning o‘zida abituriyentlarga o‘qib eshittiriladi.

  1. Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varag‘iga asosan talabalikka tavsiya etilganlar belgilangan muddatlarda to‘lov-kontrakt shartlari bajarilgandan so‘ng oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichiga o‘qishga qabul qilinadi.
  2. Suhbat komissiyasi tomonidan talabgorlarni baholash mezonlari quyidagicha taqsimlanadi (3-ilova):

3-ilova

Savollik

Ball

1-savol. Mamlakatda o‘z sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va

ahamiyatini tushunish

1.

Soha bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni tushunish darajasi

10 ball

2.

Soha bo‘yicha islohotlarga munosabati

10 ball

3.

Sohani rivojlantirish bo‘yicha islohotlarga taklif va tavsiyalari

5 ball

Jami

25 ball

2-savol. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashda motivatsiya (soha kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish ko‘rsatish)

1.

Bakalavriatning mazkur yo‘nalishini tanlashdan maqsadi va kelajak rejalari

10 ball

2.

Tanlagan kasbini jamiyatga va davlat rivojlanishiga ta’sirini tushunishi

10 ball

3.

Bu kasb orqali yuqori darajadagi muvaffaqiyatga erishgan mutaxassislarning bilishi

5 ball

Jami

25 ball

3-bo‘lim. Shaxsiy-kasbiy xususiyatlar (o‘qishga qobiliyat, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat, intizomlilik, hamjihatlik, mas’uliyatlilik, qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shaxsiy yutuqlar mavjudligi, shuningdek, o‘z ustida ishlash va

ijodkorlik qobiliyatlari)

1.

Shaxsiy yutuqlarga erishganligi (portfolio hujjatlari asosida)

25 ball

Jami

25 ball

4-bo‘lim. Tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi sohasidagi bi im va kasbiy

ko‘nikmalarning mavjudligi

1.

Berilgan savolning mazmun mohiyatini tushuntirib berishi

20 ball

2.

Mazkur sohada ish tajribasining mavjudligi

5 ball

Jami

25 ball

 

  • Apellyatsiya berish tartibi
  1. Suhbatlar o‘tkazilishi davrida belgilangan tartibda apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
  2. Apellyatsiya shikoyatlari suhbat natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida oliy ta’lim muassasasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozma shaklda yoki Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn shaklda qabul qilinadi va appelyatsiya komissiyasi tomonidan murojaat qilganlarning sonidan kelib chiqqan holda bir kundan uch kungacha bo‘lgan muddatda videoyozuv asosida ko‘rib chiqiladi.

 

  • Yakunlovchi qoidalar
  1. Mazkur baholash mezonini qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
  2. Ushbu baholash mezoni talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.