XORIJIY FUQAROLARNI O‘QISHGA QABUL QILISH TALABLARI

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida

XORIJIY FUQAROLARNI O‘QISHGA QABUL QILISH TALABLARI

  • Xorijiy fuqarolar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetiga (TATU) to‘lov shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinadilar. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro, hukumatlararo va idoralararo shartnomalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, shuningdek, TATU va xorijiy universitetlar o‘rtasida tuzilgan kelishuvlarda nazarda tutilgan hollar ham bundan mustasno.
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining bakalavriat dasturlariga umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar qabul qilinadi.
  • Bakalavr darajasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining magistratura dasturlariga qabul qilinadilar.
  • TATUda o‘qishni istagan chet el fuqarolari barcha hujjatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri universitetga topshirishlari shart.

 

Hujjatlar ro‘yxati va topshiriladigan sana

 

  1. Hujjatlarni topshirish 2020 yil 20 iyundan 20 iyulgacha amalga oshiriladi.
  2. Hujjatlar interdep@gmail.com va interdep@tuit.uz elektron manzillari orqali qabul qilinadi.
  3. Pasportning skanerlangan nusxasi (PDF formatida, elektron shaklda).
  4. Sertifikat, diplomning skanerlangan versiyasi, o‘qilgan fanlar va ulardan olingan baholar (ballar)ning skanerlangan nusxasi (PDF formatida, elektron shaklda). Magistratura uchun bakalavr diplom, o‘qilgan fanlar va olingan baholari (ballari)ning skanerlangan nusxasi (PDF formatida, elektron shaklda).
  5. 5×4.5 o‘lchamdagi fotosurat (JPEG formatda) 10 dona.

 

Universitetga qabul qilish tartibi

  • TATUning bakalavriat yoki magistratura bosqichida o‘qishni istagan chet el fuqarolari Tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan tanlangan ta’lim yoki mutaxassisligi bo‘yicha suxbatdan o‘tadilar.
  • Suhbat avgustning birinchi yoki ikkinchi yarmida onlayn tarzda o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida bo‘lib o‘tadi..

 

To‘lov shartlari

  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida chet el fuqarolari tomonidan o‘qish uchun to‘lov milliy valyutada to‘lanadi (o‘zbek so‘mida). To‘lov har bir semestr uchun alohida amalga oshirilishi mumkin.
  • Kunduzgi ta’lim uchun to‘lov summasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Markaziy banki kursi bo‘yicha 1 500 AQSh dollarini tashkil etadi.
  • Sirtqi ta’lim uchun to‘lov summasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Markaziy banki kursi bo‘yicha 1 300 AQSh dollarni tashkil etadi.

 

Stipendiya

Xorijiy fuqarolarga stipendiyalar to‘lanmaydi.