Ulug‘bek Abdimanabov Furqat o‘g‘li

Ism Sharifi: Ulug‘bek Abdimanabov Furqat o‘g‘li
Tug‘ilgan sana: 6-fevral 2000
Tug‘ilgan joyi: Toshkent viloyati
Ilmiy unvoni: Talaba
Ta’lim: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Yo‘nalish: Dasturiy Injiniring
Mutaxasisligi: Muhandis dasturchi

   

   Dasturlash bilan shug‘ullanishga qiziqishim maktab paytida boshlangani menga juda qo‘l kelgan. Vaqtliroq shug‘ullanishni boshlaganim va tirishqoqlik bilan harakat qilganim sabab bir qator natijalarga erishib kelmoqdaman. Quyida batafsilroq aytib beraman.

   Birinchi natijam maktab davrining 9-sinfida bo‘lgan. “Informatika va hisoblash tehnologiyalar” fanidan maktab va viloyat bosqichlaridan 1-o‘rinlar bilan muvaffaqiyatli o‘tib shahar bosqichiga chiqqanman, lekin shaharda g‘olib bo‘lishga bilim va tajriba kamlik qilgan.

   Maktabdan so‘ng, TATU akademik litseyiga kirib u yerda meni yilimda shaharda 1-o‘rinni olgan bola bilan kursdosh bo‘lib qolganman va o‘sha vaqtdan boshlab tayyorlanishim kuchaygan. Litseyning 2-kursida saralash bosqichlaridan zo‘r natijalar bilan o‘tib Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lgan “ВКОШП” nomli olimpiadada qatnashib O‘rta Osiyo natijalarida faxrli 2-darajali diplom va medallar bilan, butunjaxonda esa 3-darajali sertifikatlar bilan taqdirlanganmiz. Quyida xabar.uz saytidagi post bilan tanishish mumkin.

Litseyning 3-kurs bosqichida “Informatika va dasturlash” dan oliy o‘quv yurtlariga imtiyoz beruvchi olimpiadalar o‘tqazilar edi. Bu olimpiada 4 bosqichda o‘tkazilib, ohirgi bosqich Respublika bosqichi edi. Yil davomida saralashlardan muvaffaqiyatli o‘tib borib, Respublikada 1-o‘rinni kiritishga sazovor bo‘ldim, va bu menga juda ko‘p oliygohlarga imtihonsiz qabul qilinish imkonini berdi.

Shundan so’ng universitetda ham bir qator yutuqlar bo’ldi, qisqaroq chiqishi uchun ularni umumiy yozaman va ba’zilariga rasmlar ham keltiraman:

Men Dasturchiman” festivali  2-o‘rin 2021

Link: tuit.uz saytidagi post

→ “RuCode 3.0” festivali  Festival g’olibi unvoni  2021

Link: it-park saytidagi yutuq to‘g‘risidagi post

→ ICPC 2019-2020 Northern Eurasia Finals 2-darajali diplom 2019

→ ICPC 2020-2021 Northern Eurasia Finals Online 2-darajali diplom 2020

→ “RuCode 2.0” festivali Festival sovrindori unvoni 2020

→ ICPC Central Asia Championship Honorable mention 2018

Westminster Open Spring 2019 3-o’rin 2019

Va yana shu kabi bir qancha olimpiada va festivallarda qatnashdim, yuqorida esa faqatgina faxrli o’rinlarni keltirdim. Hech qachon o’zingizni sinab ko’rishdan to’xtamang.