Transformatsiya va xalqaro strategik rivojlantirish bo‘yicha prorektori

  • Главная
  • Transformatsiya va xalqaro strategik rivojlantirish bo‘yicha prorektori

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti transformatsiya va xalqaro strategik rivojlantirish bo‘yicha prorektori:

Sultanov Djamshid Baxodirovich

Qabul vaqti: Juma:Shanba (16:00-18:00)
Telefon: (+99871) 238-64-63

Transformatsiya va xalqaro strategik rivojlantirish bo‘yicha prorektor quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • Universitetning o‘rta va uzoq muddatli strategik rivojlanish rejasi hamda Harakatlar rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash uchun taqdim etish va ijrosini nazorat qilish;
  • Universitet tarkibiy bo‘linmalari (boshqarma, bo‘lim, markaz, fakultet, kafedra)ning strategik maqsadlarini umumiy institutsional strategiya bilan uyg‘unlashtirish;
  • Xalqaro standartlarga muvofiq transformatsiya jarayonlarini boshqarish, xalqaro akkreditatsiya talablariga javob berishga ko‘maklashish;
  • Universitet miqyosidagi strategik va transformatsion loyihalarni loyiha boshqaruvi (Project Management) tamoyillari asosida amalga oshirilishini ta’minlash;
  • Ta’lim dasturlarini xalqaro standartlar asosida modernizatsiya qilish, innovatsion o‘qitish va baholash metodlarini joriy etilishini ta’minlash;
  • Universitetni "xalqaro universitet" modeliga transformatsiya qilish bo‘yicha institutsional choralarni amalga oshirishga rahbarlik qilish;
  • Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, startap ekotizimini takomillashtirish, "Tarmoq-Korxona-Oliygoh" integratsiyasini kuchaytirish;
  • Universitetning xalqaro hamkorlik siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, strategik sherik universitetlar ro‘yxatini shakllantirishni tashkil etish;
  • Xorijiy yetakchi OTMlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlik memorandumlari, bitimlar va yo‘l xaritalarini kelishish hamda ijrosini nazorat qilish;
  • Ko‘p tomonlama akademik konsorsiumlar va xalqaro alyanslarda universitet ishtirokini ta’minlash;
  • Double Degree, Joint Degree, Twinning va qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish bo‘yicha hamkorlikni tashkil etish;
  • Talaba, doktorant va professor-o‘qituvchilarning inbound/outbound akademik mobilligini tashkil etish;
  • Xorijiy professorlar, tadqiqotchilar va sanoat ekspertlarini universitetga jalb qilish;
  • To‘liq ingliz tilidagi akademik muhitni (English Medium Instruction) kengaytirish;
  • Xalqaro grant, donor tashkilotlar va moliya institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish;
  • Xorijiy elchixonalar, madaniy markazlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro forum va ko‘rgazmalarda universitet manfaatlarini ilgari surish;
  • Xalqaro va milliy reyting metodologiyalarini tahlil qilib, universitetning reyting strategiyasini ishlab chiqish;
  • Universitetni nufuzli xalqaro reytinglarning TOP–1000 ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli rejalarni belgilash va amalga oshirishni tashkil etish;
  • Har bir reyting bo‘yicha ustuvor indikatorlar, xavf zonalari va o‘sish nuqtalarini aniqlash;
  • Reytinglar uchun zarur statistik, akademik va ilmiy ma’lumotlarni yig‘ish, verifikatsiya qilish hamda yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirishni tashkil etish;
  • Akademik va ish beruvchilar reputatsiyasi so‘rovnomalari bilan ishlashni nazorat qilish;
  • Professor-o‘qituvchilar va boshqaruv xodimlari uchun reyting indikatorlari bo‘yicha treninglar tashkil etish;
  • Bo‘ysunuvchi bo‘limlar (Transformatsiya va strategik rivojlantirish, Xalqaro hamkorlik, Milliy va xalqaro reyting, Media markazi) faoliyatini muvofiqlashtirish va natijadorligini nazorat qilish;
  • Bo‘limlar faoliyatini rivojlantirish yuzasidan universitet rektoriga takliflar kiritish, jumladan qo‘shimcha shtat masalalari bo‘yicha;
  • O‘quv yili yakunlarida universitet Kengashiga tegishli hisobotlarni taqdim etish;
  • Yuqori turuvchi davlat organlari (Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va boshqalar)dan kelib tushadigan qaror va topshiriqlar ijrosini ta’minlash.

 

Последнее обновление: 08.07.2026 19:08