Yoshlar kuni munosabati bilan Rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi!

  • Главная
  • Yoshlar kuni munosabati bilan Rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi!



Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” doirasida talaba-yoshlar ishtirokida Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitet rahbariyati yoshlar bilan bevosita muloqot olib borib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini tingladi.

Muloqot davomida ta’lim sifati, ilmiy va innovatsion faoliyat, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda talabalarni qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan ochiq va samimiy suhbat o‘tkazildi.

Tadbirda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, tashabbuslarini rag‘batlantirish va kelgusidagi rejalari yuzasidan fikr almashildi. Shuniingdek,Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil va atroflicha javoblar oldilar.

Mazkur uchrashuv yoshlar va rahbariyat o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, talabalarning g‘oya va takliflarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undashga xizmat qildi.