Yaponiyaning “NEC” korxonasini Toshkent axborot texnologiyalari universitetida navbatdagi seminari o‘tkazildi

  • Главная
  • Yaponiyaning “NEC” korxonasini Toshkent axborot texnologiyalari universitetida navbatdagi seminari o‘tkazildi

14 aprel kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 2 fevraldagi PF-2292-sonli farmoyishi bajarilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Yaponiyaning "NEC” korxonasi o‘rtasida imzolangan memorandumni amalga oshirilishi doirasida "NEC” korxonasining vitse-prezidenti janob Xirofumi Kikuchi tomonidan "Ertangi kun AKT rivojida NEC kompaniyasining tajribasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminarda TATU va uning hududiy filiallaridan jami 700 nafar professor-o‘qituvchi hamda talabalar ishtirok etdilar.


Yaponiyaning “NEC” korxonasini Toshkent axborot texnologiyalari universitetida navbatdagi seminari o‘tkazildi

 

Yaponiyaning “NEC” korxonasini Toshkent axborot texnologiyalari universitetida navbatdagi seminari o‘tkazildi

 

Hozirgi kunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlangan "NEC” kompaniyasi bilan birgalikda o‘qitishni tashkil etish grafigi asosida kompaniya tomonidan jami to‘rt marotaba amaliy seminarlar tashkil etilib, seminarlarda jami 1800 nafar professor-o‘qituvchilar hamda talabalari faol ishtirok etdi.

Navbatdagi seminar avgust-sentyabr oyida o‘tkaziladi.