Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — muhim vazifalar muhokamada

  • Главная
  • Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — muhim vazifalar muhokamada

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — muhim vazifalar muhokamada

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida rektor B. Maxkamov raisligida 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

📝Yig‘ilishda:
🟢Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib nishonlash;
🟢yangi o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish;
🟢talabalar turar joylarida qulay shart-sharoitlar yaratish;
🟢ijara-xonadonlar bazasini doimiy yangilab borish;
🟢qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini yoshlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga sodda va tushunarli shaklda yetkazish

bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik — sifatli ta’lim va qulay talabalik muhiti sari muhim qadam!