Joriy yilning 31-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Integratsiyalashgan universitet axborot tizimini tashkil etish va taqdim etish” loyihasining yakunlanishi bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakillari qatnashdi.
Loyiha doirasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
•KOICA tomonidan TАTU va uning Samarqand filialida Maʼlumotlar markazlari tashkil etildi;
•Universitet raqamli kutubxonasining 2 ta xonasi yangi kompyuterlar bilan jihozlandi, 3 ta na’munaviy maʼruza xonalari va 1 ta kompyuter sinfi tashkil etildi;
•Taʼlim jarayonini boshqarish va onlayn xizmatlarni taqdim etishga yoʼnaltirilgan axborot tizimlari ishlab chiqildi;
•Tashkil etilgan seminar-treninglar doirasida TАTU va uning filiallaridan jami 100 ga yaqin xodimlar va professor-oʼqituvchilar axborot tizimlaridan foydalanish hamda taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalarni tadbiq etish boʼyicha oʼz bilim va koʼnikmalarini oshirdilar;
•Tanlab olingan 5 ta fan boʼyicha elektron taʼlim kontentlari J.Koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda tayyorlandi va 2022-2023 oʼquv yili kuzgi semestrida taʼlim jarayonida qoʼllanilishi belgilandi.
Uchrashuv so‘ngida hamkorlikni rivojlantirish uchun yuqori salohiyat mavjudligini qayd etib, axborot texnologiyalari sohasida sheriklikni rivojlantirish uchun barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.