“Kelajak nihollari”

Agar bir o g`iz so`z bilan O`zbekiston Xitoy aloqalariga xulosa qiladigan bo`lsak, avvallari eng ko`p ishlatiladigan so`z ”Men seni sevaman” bo`lgan bo`lsa, hozirda undanda ko`proq “Xitoyning ishlab chiqarishi” so`zi ko`proq ishlatilmoqda. Hozirda O`zbekiston, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida ta’lim olayotgan Ulug`bek Ismatovning fikrlari diqqatga sazovor. “Xalqlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni rivojlantirish” forumida Ulug`bek Ismatov va 3 nafar yoshlar bir jamoa bo`lib hayratlanarli o`zbek milliy musiqasini kuylashdi.

Axborot xavfsizligi yo`nalishida tahsil olayotgan Ismatov o`ziga ishonch bilan Huawei kompaniyasining “Kelajak nihollari” dasturida ishtirok etmoqda. Uning fikricha, Huawei kompaniyasi O`zbekistonda axborot texnologiyalari sohasida ko`plab malakali mutaxasislar yetishib chiqishiga o`z hissasini qo`shmoqda. Ularning 60 % ni mamlakat rivojiga hissa qo`shuvchi yoshlar tashkil etadi.

“Xitoy xalqaro miqyosdagi qator iqtisodiy anjumanlarda ishtirok etib kelmoqda va o`z kuchini ayamasdan butun dunyo iqtisodiyotini rivojlanishiga o`z hissasini qo`shmoqda”. Ulug`bek misol tariqasida 2014 – yil dekabrdagi Huawei kompaniyasining Toshkentdagi offisi “Kelajak nihollari” dasturini yo`lga qo`yganini, har yili Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti bilan hamkorlikda 10 nafar iqtidorli talabalar Huaweining bosh offisiga borib ta’lim olish imkoniyatiga ega bo`layotganini keltirib o`tdi. Hozirgi kunga qadar Huawei butun dunyodagi 280 tadan ortiq universitetlar bilan shartnoma imzolagan va buning natijasida 3 mingga yaqin o`quvchilar o`z mahoratlarini oshirdilar.

Endigina 24 yoshga to`lganligiga qaramasdan Ulug`bek o`z ijodkorligini boshlagan. U Toshkentda o`zining multimedia kompaniyasini ochib, 30 nafar kishini ish bilan ta’minladi. “Xitoyning O`zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishi natijasida, o`zaro biznes qilish yanada osonlashdi”.

(Muhbir Ji Pei Juan )