18-19 марта в ТУИТ прошел благотворительный хашар

  • Главная
  • 18-19 марта в ТУИТ прошел благотворительный хашар

Har yili Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng miqiyosda olib boriladi.

Ana shunday hayrli ishlar 18-19 mart kunlari e’lon qilingan xayriya xashari doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi hamda talabalari tomonidan ham tashkil etildi. Xashar davomida universitet hududi bilan birga universitetning yonginasida joylashgan “Toshkent - lend” Madaniyat va istirohat bog‘i hududida ham tozalash ishlari olib borildi. Xasharda 5400 dan ortiq talaba va professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etdilar.