Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “UI Green Metric World University Ranking” xalqaro reytingida TOP 1000 talikda qayd etildi.

  • Главная
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “UI Green Metric World University Ranking” xalqaro reytingida TOP 1000 talikda qayd etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “UI Green Metric World University Ranking” xalqaro reytingida TOP 1000 talikda qayd etildi.
UI Green Metric World University Ranking xalqaro reyting agentligi tomonidan butun dunyo oliy taʼlim muassasalari boʻyicha joriy yil reyting natijalariga ko‘ra TATU nufuzli reytingida TOP-1000 ta oliy taʼlim muassasalari qatorida barqaror rivojlanayotgan universitet sifatida eʼtirof etildi.

📊 Shuningdek, dunyoning universitetlari reyting ko‘rsatkichlarini mustaqil metrika orqali baholovchi edurank.org natijalariga ko‘ra universitet o‘z o‘rnini yanada mustaxkamladi. Jumladan, TATU avvalgi yillarga nisbatan 235 o‘ringa yuqoriladi. E’tiborlisi, ushbu reytingda universitet turli mutaxassisliklarda eng yaxshi universitet sifatida e’tirof etilgan. Hususan, Axborot texnologiyalar  yo‘nalishida jahonda 788 – o‘rinda qayd etilgan bo‘sa, O‘zbekistonda esa Kompyuter muhandisligi, Kiberxavfsizlik, Telekommunikatsiya, Sun’iy intellekt (AI) kabi fan sohalarida ham 1-o‘rinda qayd etildi.

✈️@tuituz_official