“Xalqaro pochtamt” filialida logistik jarayonlar” mavzusi davra suhbati

  • Главная
  • “Xalqaro pochtamt” filialida logistik jarayonlar” mavzusi davra suhbati
25 aprel kuni "O‘zbekiston pochtasi” AJ majlislar zalida TATU "Pochta aloqasi texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun soha mutaxassislari ishtirokida "Xalqaro pochtamt” filialida logistik jarayonlar” mavzuida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida O‘zbekiston pochtasi AJ Xalqaro pochtamt filiali Bosh direktori Z.Z.Qosimov, filialning "Xalqaro sex” boshlig‘i F.A.Djalilova, "Xatlarni saralash” bo‘limi boshlig‘i O.V.Revtov, shuningdek, universitet "Pochta aloqasi texnologiyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi L.N.Jo‘rayev, assistent G‘.Mamatqulov va 130,131,132-13 guruhi talabalar ishtirok etdilar. Z.Z.Qosimov ma’ruzada "Xalqaro pochtamt” filialining tarixi va tuzilishi, unda logistik jarayonlarning tashkil etilishi, xalqaro va ichki pochta jo‘natmalarga ishlov berish, yetkazib berish texnologik jarayonlari xamda pochta jo‘natmalarini tashish yo‘nalishlari to‘g‘risida talabalarga to‘liq ma’lumot berdi.