Xalqaro maydonda yana bir muhim yutuq!

 

 

Xalqaro maydonda yana bir muhim yutuq!

🥽VR/AR, 3D vizualizatsiya va raqamli madaniy meros yo‘nalishlaridagi innovatsion loyihalar SOSYALFEST 2026 xalqaro festivalida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

♻️ Festival doirasida:
🔹 “Türk Dünyası Ortak Turizm Güzergahlari va Dijital Deneyim Platformu” ;
🔹 “Timurlu Sanat va Mimari Mirası Dijital Arşivi va 3D Modelleme
loyihalari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Multimedia texnologiyalari kafedrasi dotsenti Muazzam Artikova ishtirokida xalqaro maydonda muvaffaqiyatli taqdim etildi.

🥇Quvonarlisi, mazkur ikki loyiha ham xalqaro tanlovning alohida yo‘nalishlari bo‘yicha 1-o‘rin g‘olibi deb topildi.

🤝 Loyihalar TATU, Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti hamda OXUS University hamkorligida amalga oshirildi.

☑️ Ushbu yutuq VR/AR, 3D vizualizatsiya va raqamli madaniy meros yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ilmiy-innovatsion ishlanmalar xalqaro miqyosda yuksak e’tirof etilayotganining yana bir yorqin tasdig‘idir.