Xalq Konstitutsiyasi - xalq tanlovi
💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali tomonidan Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik liseyida Qarshi mahallasi fuqarolari va yoshlar ishtirokida “Xalq Konstitutsiyasi – xalq tanlovi” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda filial direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Amanov, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Hikmat Safarov, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dosenti Azamat Xudoyqulov hamda Qarshi tumani deputati Anvar O‘tkirovlar so‘zga chiqib, yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitusiyamizning moddalari 128 tadan 155 taga, uning normalari esa 275 tadan 434 taga ko‘paymoqda. Ya’ni, Konstitusiyamiz qariyb 65 foizga yangilanmoqda. Amaldagi 128 ta moddadan 91 tasiga konseptual o‘zgartirishlar kiritilmoqda.