WWW.SOHIBQIRON.UZ portali taqdimoti

Joriy yilning 25 mart kuni Qashqadaryo viloyat hokimligida buyuk Sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyatini butun dunyoga yanada keng targ‘ib etish hamda ul zot tavalludining 680 yilligi munosabati bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan tomonidan yaratilgan WWW.SOHIBQIRON.UZ portalining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
Darhaqiqat, oradan 7 asrga yaqin vaqt o‘tgan bo‘lsada, hamon jahon ahlining hayrati va ehtiromiga sazovor bo‘lib kelayotgan  Amir Temur qoldirgan moddiy va ma’naviy meros bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, "Tariximizda Amir Temurday ulug‘ siymo bor ekan, uning qoldirgan merosi, pandu-o‘gitlari bugungi hayotimizga hamohang ekan, oldimizda turgan bugungi muammolarni yechishda bizga qo‘l kelayotgan ekan, bizning bu merosni o‘rganmasdan, ta’riflamasdan, targ‘ibot qilmasdan haqqimiz yo‘q”. 
WWW.SOHIBQIRON.UZportali 3 ta: ingliz, rus va o‘zbek tillarida tayyorlangan. Portalning afzalligi shundaki, foydalanuvchilar uchun qulay, sodda interfeys shaklida ishlab chiqilgan bo‘lib, 14 bo‘limdan iborat. Portalda Soxibqiron Amir Temurning moddiy va ma’naviy merosi bilan bog‘liq yangiliklar, uning xayoti va faoliyati, avlodlari, rivoyatlar, tarixiy obidalar xaritasi, Amir Temurning ilmu-fan taraqqiyoti yo‘lida qilgan hizmatlari va davlat boshqaruvidagi adolatito‘g‘risidagi "Temur tuzuklari”dan olingan manbalar, ma’lumotlar, videolavhalar Temurshunos va tarixchi olimlarning ilmiy va asosli manbaalariga tayangan holda keltirgan. 
Shuningdek, portalda jahon axlining Amir Temur siymosiga bo‘lgan qiziqishi, mashxur faylasuf olimlarning u haqida bildirgan fikrlari keng o‘rin olgan. Foydalanuvchilar portal orqali Sohibqiron Amir Temur faoliyati va hayoti to‘g‘risidagi elektron resurslarni ko‘chirib olish imkoniyatiga ham egadir.
Taqdimotda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Sh.Ro‘ziev, TATU o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektorX.M.Bobomurodov, universitetning axborot texnologiyalari bo‘yicha maslahatchi prorektori Li Chul Su, viloyatdagi korxona va tashkilot rahbarlari, tarixchi olimlar, talaba-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Taqdimotdavomida1-prorektor X.Bobomurodovning "Ta’lim muassasalarida xorijiy tajriba asosida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini  rivojlantirish istiqbollari”, temurshunos tarixchi olim, professor  P.Ravshanovning "Sohibqiron Amir Temur - xalqimiz g‘ururi va iftixori”,falsafa fanlari nomzodi, dotsent A.Erkaevning "Sohibqiron hayoti va faoliyatining yoshlar ma’naviyati, madaniyati va tarbiyasida tutgan o‘rni” hamda tarixchi olim O.Bo‘rievning"Buyuk sarkarda Amir Temur siymosining jahon tarixida tutgan o‘rni” mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi.
 

WWW.SOHIBQIRON.UZ PORTALI TAQDIMOTI

 

WWW.SOHIBQIRON.UZ PORTALI TAQDIMOTI

 

WWW.SOHIBQIRON.UZ PORTALI TAQDIMOTI

 

WWW.SOHIBQIRON.UZ PORTALI TAQDIMOTI

 

WWW.SOHIBQIRON.UZ PORTALI TAQDIMOTI

 

WWW.SOHIBQIRON.UZ PORTALI TAQDIMOTI

 

WWW.SOHIBQIRON.UZ PORTALI TAQDIMOTI

 

WWW.SOHIBQIRON.UZ PORTALI TAQDIMOTI