Universitetning xalqaro aloqalari kengaymoqda!

Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil etilgan “Global Barqaror Rivojlanish Kongressi” doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada universitet vakillari muvafaqiyatli ishtirok etishdi.

Shuningdek, joriy yilning 16-19- iyun kunlari ushbu tadbir doirasida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi. Ushbu muzokaralarda TATU prorektori Sh.To‘rayev rahbarligidagi universitet vakillari tomonidan Gongkong shahridagi universitet, Xitoy Fan va Texnologiyalar universiteti, Harbin Texnologiya instituti, Nusantara Multimedia universiteti (Indoneziya), Pekin Texnologiya instituti, Sanvey universiteti (Malayziya), BINUS universiteti (Indoneziya), Muhammadiya Surakarta universiteti (Indoneziya), Muhammad VI Politexnika universiteti (Marokash), Ege universiteti (Turkiya), Firat universiteti (Turkiya), Istanbul Oydin universiteti (Turkiya), Shinjon universiteti (Xitoy), Bikol universiteti (Filippin), Ozarbayjon Texnik universiteti, Kipr Oydin universiteti (Shimoliy Kipr), Sharqiy Xitoy Texnologiya universiteti, Dyuzje universiteti (Turkiya), Guayakil Tadbirkorlik Texnologik universiteti (Ekvador), Katovitse Silesiya universiteti (Polsha), Bahcheşehir universiteti (Turkiya), Mapua universiteti (Filippin), Filippin Politexnika universiteti, Leyte Normal universiteti (Filippin), Markaziy Luzon Shtat universiteti (Filippin), Panpacifik universiteti (Filippin), Filippin Oliy Ta’lim Komissiyasi, Janubiy Davao Shtat kolleji (Filippin), Karaga Shtat universiteti (Filippin), Kordilyera Kasbiy Rivojlanish kolleji (Filippin) bilan professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishlarini, talabalar almashinuvi, qo‘shma dasturlarini tashkil etish hamda xalqaro darajada ilmiy ishlarni bajarish yo‘nalishlarida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra - kelgusida hamkorlikda ular bilan bajariladigan istiqbolli rejalar belgilandi.