Universitet talaba-yoshlari Islom sivilizatsiyasi markazida

  • Главная
  • Universitet talaba-yoshlari Islom sivilizatsiyasi markazida

 

 

 

Universitet talaba-yoshlari Islom sivilizatsiyasi markazida

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniring fakulteti talaba-yoshlari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.

Islom sivilizatsiyasi markazi Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgan bo‘lib, u milliy tariximizni chuqur o‘rganish, yosh avlodni ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishda muhim ilmiy-ma’rifiy maskan hisoblanadi.

Tashrif davomida talabalar turli davrlarga oid noyob qo‘lyozmalar, tarixiy asarlar hamda islom ilmlari rivojiga katta hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning boy ilmiy merosi bilan yaqindan tanishdilar.

Bunday ma’rifiy tashriflar talabalarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy merosimizni chuqurroq anglash va ilm-fan rivojiga qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.