Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o'z ramzini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

  • Главная
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o'z ramzini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

📢Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘z ramzini yaratish bo‘yicha tanlovi 📅2022-yil 31-iyulga qadar uzaytirildi.

✅Tanlovda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ramzi xalqaro miqyosda o‘ziga xosligi va IT industriyada yetakchiligini ifodalovchi eng yaxshi grafik ishlar aniqlanadi.

👉Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki sizning barcha o‘zgacha fantaziyangiz (robot, hayvonlar, gadjet) universitetga mos keladigan, kreativ yondoshilgan ramzlarning barchasi ko‘rib chiqiladi.

👩‍🎓👨‍🎓Tanlovda barcha oliy ta’lim muassasalarining talabalari qatnashishlari mumkin.

✅Ishtirok etmoqchi bo‘lganlar 2022-yil 31-iyulga qadar ariza, o‘z g‘oyalari tasviri va konsepsiyasi bilan birgalikda tuitmatbuot@tuit.uz elektron manziliga hamda (+998 88) 343-99-39 raqamiga telegram orqali yuborishlari kerak.

🎉G‘olib 2022-yil 20-iyul kuni aniqlanib Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori tomonidan mukofotlanadi va u tomonidan ishlab chiqilgan ramz TATUning rasmiy ramzi sifatida foydalaniladi. Mazkur ramz universitetga beg‘araz o‘tkalizib beriladi. Tanlov qoidalari bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin. 👉Batafsil

(https://tuit.uz/post/universitet-oz-ramzini-yaratish-boyicha-tanlov-elon-qiladi)🎉Universitet tarixida qolishga shoshiling!



1. Tanlovning texnik shartlari

1.1 Tanlovga har bir ishtirokchidan individual mualliflik ishlari bir yoki bir necha ko‘rinishda (versiyada) qabul qilinadi. Taklif etilayotgan universitet ramzining aniq tasvirlangan konsepsiyasi taqdim etilishi shart. Taqdim etilayotgan ish tanlov maqsadiga mos kelishi lozim
1.2. Universitet tomonidan “Universitet ramzi” Intellektual mulk agentligi orqali qabul qilinganidan (tasdiqlanganidan) so‘ng universitet rasmiy ramzidan loyihani ishlab chiqqan shaxsning ismi sharifini ko‘rsatmagan holda foydalaniladi.
1.3. Tanlov natijasiga ko‘ra rasman “Universitet ramzi” deb qabul qilingan loyihadan foydalanishda Universitet mutlaq huquqga ega

2. Universitet ramzi tasviriga qo‘yiladigan talablar:

2.1 Universitet ramzi tasviri grafik (jpeg, png) va vektor formatida (cdr, ai) yoki qo‘lda chizilgan holatda taqdim etiladi;
Universitet ramzi qisqa, o‘ziga xos (unikal), oddiy, universal, o‘lcham o‘zgartirilganida va oq-qora tasvirda ham o‘z ko‘rinishini saqlab qolishi kerak;
2.2 Universitet ramzi tasviri ustida ishlashda badiiy texnika va grafik muharrirlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Eskizni grafik yoki badiiy, rangli ko‘rinishda grafik va vektor formatlarida yaratish mumkin.
2.3. Tanlovda taqdim etilgan ishda uchinchi shaxslarning huquqlarini buzishi va/yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid kelishi mumkin bo‘lgan maʼlumotlar bo‘lmasligi kerak.

3. Universitet ramzi konsepsiyasiga qo‘yiladigan talablar:

3.1 Universitet ramzi konsepsiyasi tasvirning maʼnosi va mazmuni (yaratilgan elementlarning g‘oyasi, mazmuni, mohiyati, maqsadi) bo‘yicha muallifning shaxsiy talqinini o‘z ichiga olishi kerak.