"YIL TALABASI-2023" RESPUBLIKA KO'RIK TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHIGA START BERILDI

  • Главная
  • "YIL TALABASI-2023" RESPUBLIKA KO'RIK TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHIGA START BERILDI

📣DIQQAT E’LON

🤩"YIL TALABASI-2023" RESPUBLIKA KO'RIK TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHIGA START BERILDI

     ➡️Birinchi tur - har bir fakultet (kesimi)da o‘tkaziladi;
     ➡️Ikkinchi tur - universitet miqyosida, fakultetlar kesimida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi;

💠Tanlov quyidagi nominatsiyalar boyicha otkaziladi:

1. "Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi";
2. "Yilning eng faol targ'ibotchi talabasi";
3. "Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi";
4. "Yilning eng faol sportchi talabasi";
5. "Yilning eng faol iqtidorli talabasi";
6. "Yilning eng faol ijodkor talabasi";
7. "Yilning eng faol tadbirkor talabasi" .

✅G’olib boʻlgan talaba-yoshlar diplom va qimmatbaho sovg’alar  bilan taqdirlanadi hamda Respublika bosqichiga yo‘llanma beriladi!

💸Tanlov go'liblari quyidagi miqdorda pul mukofotiga ega bo'ladilar:

🟢1-o‘rin bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari miqdorida;
🟢2-o‘rin bazaviy hisoblash miqdorining 6 barobari miqdorida;
🟢3-o‘rin bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari miqdorida.

❌Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib (1, 2 va 3-o'ringa sazovor bo'lgan), g'oliblikni qo'lga kiritgan nomzodlar tanlovda qayta ishtirok eta olmaydi.

📌Tanlovda ishtirok etish uchun fakultet yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o'rinbosariga 15-noyabrgacha murojaat qilishingiz mumkin.

📞Murojaat uchun tel: 71-238-64-74