“Tyutorlik” lavozimiga vakansiya elon qiladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Tyutorlik lavozimiga vakansiya elon qiladi.

✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son hamda “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot tehnologiyalari universiteti “Tyutorlik” lavozimiga vakansiya elon qiladi.

Tyutorlarga qo‘yiladigan talablar:
Тyutorlar oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi);
🔷Pedagogik va psixologik, o‘quv-tarbiyaviy, o‘quv-uslubiy, boshqaruv faoliyati bilan shug‘ullangan, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda 3 yildan kam bo‘lmagan (3 yildan ko‘p bo‘lganlarga ustuvorlik beriladi) mehnat stajiga ega bo‘lishi;
🔷Davlat tilini mukammal bilishi (shuningdek, xorijiy tillar – rus yoki ingliz tilini yaxshi biladigan shaxslarga afzalliklar beriladi);
🔷Namunaviy shaxsiy fazilatlarga – intellekt, madaniyatli, ijodiy, xushmuomalalik, vatanparvarlik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lishi, mas’uliyat hissi, mustaqil ish tutish xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.

✅Tyutorlikka nomzodlar Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlar tomonidan tajribali, talabalar orasida katta hurmat va e’tibor qozongan, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar uslubiyati va amaliyotini chuqur anglab yetgan, psixologik bilim va tajribaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchi va boshqa xodimlar orasidan tanlanib, oliy ta’lim muassasasiga ishga qabul qilish bo‘yicha komissiyasiga taqdim etiladi.

Murojaat uchun telefonlar: 71-238-64-27