Toshkentda “QS Eurasia Forum – 2025” boshlandi

25–26-noyabr kunlari Toshkent shahrida ilk bor o‘tayotgan “QS Eurasia Forum – 2025” o‘z ishini boshladi. Oliy ta’lim sohasining eng nufuzli mintaqaviy tadbirlaridan biri bo‘lgan mazkur forum QS Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko‘magida hamda Central Asian University mezbonligida tashkil etilmoqda.

Forumda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkiya, Vengriya, Yevropa Ittifoqi va Yaqin Sharq mamlakatlaridan 300 dan ortiq ishtirokchi — oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari, hukumat idoralari va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashmoqda.