Toshkent axborot texnologiyalari universiteti takroriy tender savdolarni e’lon qiladi

1. Tender savdolarning predmeti: "Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida personal va talabalar davomat hisobini olib borish tizimini yaratish” loyihasi bo‘yicha asbob-uskunalarni yetkazish hamda o‘rnatish.

2. Tender turi – ochiq.

3. Tenderda chet el va mamlakatimiz ishlab chiqaruvchi va/yoki yetkazib beruvchi korxonalar, shu qatorda tenderda qatnashish uchun malaka talablarini bajargan va tender asosida harid qilinadigan mahsulot hajmini yetkazib berish tajribasiga ega kichik biznes sub’ektlari qatnashishi mumkin.

Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq narx imtiyozlari taqdim etiladi.

4.Tender komissiyasi ishchi organining nomlanishi va manzili:

«O‘zimpeksaloq MChJ, 100202, Toshkent shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 7a.

Telefon (998 71) 150-19-88, 150-19-85. Faks (998 71) 150-19-87.

E-mail: uzimpex@sarkor.uz, uzimpex2@rambler.ru

5. Xarid qilinayotgan tovarning maksimal narxi – 923 200000 so‘m.

6. To‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutada amalga oshiriladi. To‘lovlarni amalga oshirish shartlari tender hujjatlarida ko‘rsatilgan.

7. Yetkazib berish shartlari:

- chet el ishtirokchilari uchun: DDP Toshkent shahar (INKOTYeRMS-2010 ga muvofiq);

- mamlakatimiz yetkazib beruvchilari uchun: Toshkent shahardagi haridor ombori.

8. Mahsulot yetkazib berish muddati – 60 kalendar kuni.

9. Tender boshlanishiga qadar tender komissiyasi tomonidan talabgorlarning malakaviy saralanishi o‘tkaziladi.

10. Bay puli (tender taklifining kafolati) summasi, uni kiritish tartibi tender hujjatlarda ko‘rsatilgan.

11. Tender hujjatlarning narxi 250 AQSh dollar. Chet el ishtirokchilari uchun yoki mamlakatimiz ishtirokchilari uchun pul o‘tkazish shu kundagi Markaziy bank kursi bo‘yicha milliy valyutada. Uchinchi shaxslar tomonidan tender hujjatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish man etiladi.

Tender hujjatlarni harid qilish uchun tegishli tartibda tender komissiyasi ishchi organiga murojaat qilish kerak.

12. Tender takliflarini qabul qilishning  muddati – 2016 yil  14-iyundan 14-iyul kuni soat 17:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) yuqorida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha.