Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 20-yanvarga qadar uzaytirildi

  • Главная
  • Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 20-yanvarga qadar uzaytirildi

Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 20-yanvarga qadar uzaytirildi

✅ Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 20-yanvari etib belgilandi.

➡️Shuningdek, qaror bilan 2022-yil 10-dekabrdan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadigan boʻldi.